
2026 yil boshida YouTube platformasida yangiliklar joriy etildi. Platforma bosh direktori Nil Mohan kontent yaratuvchilarga yo‘llagan yillik murojaatida asl materiallar bilan sun’iy intellekt algoritmlari yordamida tayyorlangan kontentni farqlash tobora qiyinlashib borayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, sun’iy ovozli videolar, deepfake (soxta) materiallar va faqatgina ko‘rishlar sonini oshirishga qaratilgan videolar alohida nazoratga olindi.
2026 yilning yanvar–fevral oylarida platforma videolarni avtomatik tarzda yaratadigan kanallarni o‘chirish yoki ularning faoliyatini cheklashga kirishdi. Kapwing kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyida e’lon qilingan “Sun’iy intellektdan foydalangan eng yirik 100 kanal” ro‘yxatidagi 16 ta kanal allaqachon yopilgan yoki cheklovlarga duch kelgan. Ushbu kanallarning ayrimlari millionlab auditoriyaga ega edi. O‘chirilgan kanallarning umumiy obunachilari soni 30 milliondan, umumiy ko‘rishlar soni esa 2 milliarddan oshadi.
YouTube vakillarining aniqlik kiritishicha, cheklovlar faqat foydalanuvchilar qiziqishini sun’iy ravishda oshirishga uringan yoki mualliflik huquqlarini buzgan videokontentlarga nisbatan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt vositalaridan quyidagi yordamchi ishlarda foydalanish taqiqlanmaydi:
Qoidabuzarliklarni aniqlash uchun platforma spam va klikbeytga qarshi ishlab chiqilgan avtomatik nazorat tizimlaridan foydalanadi.
Kompaniya ushbu yo‘nalishdagi keyingi qadamlar bo‘yicha batafsil ma’lumot bermadi. YouTube vakillari moderatsiya bo‘yicha qarorlar platformaning amaldagi qoidalariga muvofiq qabul qilinishini ta’kidladilar.
Keywords