Turkmaniston Ichki ishlar vazirligi Transport politsiyasi, Davlat chegara xizmati, Davlat bojxona xizmati va «Turkmanhavoyo‘llari» agentligining Aviatsiya xavfsizligi xizmatining 20 nafar vakili YXHT tomonidan tashkillashtirilgan kontrabanda xatarlarini tahlil qilish va aeroportlarda tekshiruv o‘tkazish usullari bo‘yicha o‘quv seminarida ishtirok etishdi. Tadbir 2026-yilning 3–7-avgust kunlari Ashxobodda bo‘lib o‘tdi.
YXHTning Ashxoboddagi Markazi Turkiyaning Kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash xalqaro akademiyasi (TADOC) bilan hamkorlikda ushbu o‘quv tadbirini tashkil etdi. Uning maqsadi qatnashchilarga aeroportlarda kontrabandaning oldini olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.
TADOC mutaxassislari ishtirokchilarni kontrabandaga qarshi kurashish usullari va strategiyalari bilan tanishtirdilar. O‘quv jarayonida xatarlarni baholash, reyslar, yo‘lovchilar, yuklar va bagajlarni profillashtirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilar yo‘lovchilarning shubhali harakatlarini aniqlash, profillashtirish tartibi ile shubhali shaxslar bilan samarqli suhbat o‘tkazish usullarini muhokama qildilar.
YXHTning Ashxoboddagi Markazi rahbari Uilyam Lif o‘z qutlov so‘zida Tirana deklaratsiyasiga (MC.DOC/1/20, 2020-yil 4-dekabr) murojaat qilib, milliy muvofiqlashtirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta'kidladi.
«Ushbu o‘quv tadbiri YXHT va unga a'zo davlatlarning Tirana deklaratsiyasida bayon etilgan siyosiy majburiyatlarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga aylantirganini yorqin ko‘rsatadi», — dedi Uilyam Lif.
Ushbu kurs doirasida yo‘lovchi hujjatlarini tekshirish, maxsus vositalardan foydalanish va giyohvandlik moddalarini yashirish usullarini fosh etish yo‘llari ham ko‘rib chiqildi. Ashxobod xalqaro aeroportida o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar qatnashchilarga tekshiruv usullarini amalda qo‘llash imkonini berdi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.