Gonkongga “Ragasa” super-tufoni keldi: metrolar yopildi, havo reyslari bekor qilindi
Joriy yilning eng kuchli super-tufoni hisoblangan “Ragasa” Gonkongga kuchli shamollar va kuchli yomg‘irlar olib keldi. Shenchjenda 865 dan ortiq boshpana faoliyat ko‘rsatmoqda. Soatiga 200 kilometr tezlikda esayotgan shamol bir soat ichida bog‘larni ildizidan chiqarib tashladi. Metro ishlamayapti, temiryo‘l vokzallari yopildi, savdo markazlari yopildi. Bu haqida “MIR 24” xabar berdi.
Boshqa mamlakatlarda esa ishchilar uylarning eshik va derazalarini taxta doskalar va qum sumkalari bilan mustahkamlamoqda. Mahalliy aholi zarur oziq-ovqat mahsulotlarini katta miqdorda sotib olmoqda. Havo reyslari bekor qilindi, maktablarda o‘quv to‘xtatildi.
“INTERFAX.RU” tufayli 14 kishi halok bo‘lgani, 129 kishi esa yo‘qolganini xabar qildi.
Bunday tabiiy ofatlar Xitoyning janubiy qirg‘oqlarida ko‘p uchraydi. Masalan, 2017 yilda “Hato” dengiz to‘foni natijasida 270 kishi jarohat olgan, shulardan 120 tasi Gonkongda bo‘lgan, deb yozilgan.
