MediaTek Dimensity 8450 protsessorini taqdim etdi — kuchli o‘rta segment smartfonlari uchun
MediaTek Dimensity 8450 — bu inqilobiy emas, balki evolyutsion yangilanish bo‘lib, **“rivojlangan o‘rta segment”**ni kuchaytirishga qaratilgan. Oldingi chip — Dimensity 8400 bilan o‘xshashliklarga qaramay, yangi model sun’iy intellekt, tasvirlarni qayta ishlash va energiya samaradorligi sohalarida muhim yaxshilanishlarga ega bo‘ldi. Bu uni ayniqsa mobil o‘yinlar, foto/video kontent va mustaqil ishlashga yo‘naltirilgan smartfonlar uchun dolzarb qiladi.

MediaTek Dimensity 8450 mobil protsessorini rasman taqdim etdi — Dimensity 8400’ning vorisi
MediaTek kompaniyasi Dimensity 8400’ning vorisi bo‘lgan yangi mobil protsessor — Dimensity 8450’ni rasman e’lon qildi. Yangi chip TSMC’ning ikkinchi avlod 4 nm texnologik jarayoni asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘rta va yuqori o‘rta segmentga mansub qurilmalar uchun mo‘ljallangan.
Asosiy xususiyatlar:
-
CPU: 1×Cortex-X4 (3,25 GHz), 3×Cortex-A720 (3,0 GHz), 4×Cortex-A520 (2,1 GHz)
-
GPU: Mali-G720 MC7, 1300 MHz
-
Kamera qo‘llab-quvvatlashi: 320 MP gacha, kechikishsiz HDR
-
NPU: Agentic AI Engine bilan jihozlangan NPU 880, sun’iy intellekt modellarini lokal tarzda ishga tushurish uchun
-
Energiya tejamkorligi: 5G-modemda UltraSave 3.0+ texnologiyasi
Mazkur protsessor mobil o‘yinlar, foto va video kontent hamda bulutga ulanmasdan ishlaydigan generativ sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan.
Dimensity 8450 bazasida ishlayotgan birinchi qurilma bu — OPPO Reno14 Pro bo‘ldi. Yaqin oylarda ushbu chipdan foydalanuvchi boshqa modellarning ham taqdim etilishi kutilmoqda.