"Mongolkino" yoʻli
Mongol kinematografiyasi yaratilishi va rivoji Mongol xalqi ilk bor kinematografiya sanʼati bilan 1914-yilda tanishgan. Oʻsha yili Rossiya imperiyasiga safari chogʻida Sayn-Noyon-xon Namnansuren bir necha kinolentalarni olib qaytgan.

Urgada qurilgan tomosha markazida ilk bor kino namoyishi oʻtkazilgan. Oradan chorak asr oʻtib, 1935-yilda Ulan-Batorda "Mongolkino" kinostudiyasi tashkil etilgan.
Ammo 1937-yilda tomoshabinlarga taqdim etilgan ilk badiiy film — "Mongoliyoning oʻgʻli" — Lenfilmda sovet kinochilar bilan birgalikda suratga olingan. Filmda Seven, Sosor-Barma, Gombo, Bato-Ochir, Igin-Xorlo, Rabdan va Pagma kabi mongol aktyorlari ishtirok etgan.
1938-yilda "Mongolkino" ilk mustaqil filmi — *"Norjman yoʻli"*ni tomoshabinlarga taqdim etadi.
Ilk mongol filmlari va mavzulari
Dastlabki mongol filmlari tarixiy qahramonlarga bagʻishlangan edi. Masalan:
-
Uning ismi Suhe Bator
-
Choʻl qahramonlari
-
Ot ustida
Keyinchalik ishchi-dehqonlarning hayotiga bagʻishlangan filmlar paydo boʻldi:
-
Yangi yil
-
Natija
-
U tomondan eshit
-
Gobi va Xinganning ustidan
2000-yillardagi mongol kinosi
Bu davrda bir qancha yirik filmlar suratga olindi. Muvaffaqiyatli asarlar:
-
Dunyo tomirlari
-
Sariq it gʻori
-
Yigʻlayotgan tuya hikoyasi
(Biyambasuren Davaa tomonidan) -
Koʻk osmon ostida — Kentaro Masuo
-
Hiymor (Ot) — shoir Ch.Lhamsuren sheʼri asosida
Zamonaviy mongol kinosi
Bugungi kunda mongol rejissyorlari koʻp qismli seriallar yaratmoqda. XXI asr boshlarida suratga olingan teleseriallar soni 60 tadan oshgan.
Shuningdek, ular xorijiy hamkorlar bilan birgalikda turli filmlar suratga olishni davom ettirmoqda.