
«Amazon.com Inc.» kompaniyasi oʻzining «Amazon Fresh» oziq-ovqat doʻkonlarini hamda «Amazon Go» avtomatlashtirilgan doʻkonlarini yopishini eʼlon qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot bayonotida aytilgan.
Kompaniya endi eʼtiborini oziq-ovqat mahsulotlarini onlayn buyurtma qilish va yetkazib berish xizmatiga hamda tabiiy mahsulotlarga ixtisoslashgan yuqori darajadagi «Whole Foods Market» tarmogʻini kengaytirishga qaratadi. Yopilayotgan nuqtalarning baʼzilari «Whole Foods» doʻkonlariga aylantiriladi.
«Amazon» yaqin bir necha yil ichida 100 dan ortiq yangi «Whole Foods» doʻkonini ochishni rejalashtirmoqda. Kompaniya ushbu tarmoqni 2017-yilda taxminan 13,5 milliard AQSH dollariga sotib olgan edi.
Keywords