«BBC» telekanalining rahbarlar kengashi yangi bosh direktorni tayinladi. Ushbu lavozimga «Google» kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqalari bo‘yicha rahbari bo‘lib ishlagan Mett Brittin munosib ko‘rildi. Brittin 565 ming funt sterling maosh oladigan yangi vazifasiga shu yilning 18-mayida kirishadi. Ungacha Mett kompaniya ishlari bilan tanishib chiqadi. Bosh direktor vazifasini esa vaqtincha Rodri Talfan Devisga ishonib topshiradilar. Ta’kidlash joizki, Mett Brittin 2016-yildan 2025-yilga qadar «Google» kompaniyasida ishlagan. Shuningdek, u «The Guardian» nashri egasi bo‘lgan «Guardian Media» guruhining kengash a’zosidir.
BBC-ning yangi bosh direktori ma’lum bo‘ldi
1 daqiqa o'qish44

BBCning yangi bosh direktori Matt Brittin etib tayinlandi. U avval Googleda ishlagan va 18-maydan vazifasini boshlaydi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.