
Dunyoning eng faol portlari ro‘yxati tayyorlandi. Birinchi o‘nlikka Xitoyning sakkizta porti kirdi. Ushbu mamlakatning Chjetszyan viloyatidagi Ningbo-Chjoushan porti birinchi o‘rinni egalladi. Ro‘yxatga Yevropadan birorta ham port kirmadi. Xitoy portlari yuklarni tushirish va yuklash uchun ancha arzon narxlari bilan ajralib turadi. Bu esa Xitoy portlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Portlar nafaqat yuk keltiriladigan yoki olib ketiladigan joy, balki yuk tushirilib, omborda saqlanadigan va boshqa kemalarga qayta yuklanadigan punkt sifatida ham faol qo‘llaniladi. Shunday ekan, portlar butun dunyoda tovarlar va xizmatlar yetkazib berishning uzluksizligida katta ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiyot bilan ham bevosita bog‘liqdir.
Dunyoning eng faol portlari qatoriga Tanshan, Sindao, Shanxay (Xitoy), Singapur (Singapur), Xedlend (Avstraliya), Guanchjou, Suchjou, Tyanszin va Jijao (Xitoy) kiradi.
Keywords