11-mart kuni Ashxobodda maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng latofatli qizcha — 2026” davlat tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning oliy mukofotini Ashxoboddagi “Döwletliler” saroyi o‘quvchisi Leyli Movlamova qo‘lga kiritdi.
11-mart kuni Turkmaniston Jamoat tashkilotlari markazida “Eng latofatli qizcha — 2026” quvnoq tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Milliy bahor bayrami — Xalqaro Navro‘z kuni munosabati bilan Maxtumquli nomidagi Yoshlar tashkiloti Markaziy kengashi hamda Bilim vazirligi tomonidan e’lon qilingan tanlovning davlat bosqichida hududiy saralashlarda g‘olib chiqqan iste’dodli qizlar ishtirok etishdi.
“Turkmenistan” gazetasining xabar berishicha, finalda 15 nafar ishtirokchi uchta shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. Natijada Ashxoboddagi “Döwletliler” saroyining 4-sinf o‘quvchisi Leyli Movlamova tanlovning bosh sovriniga munosib ko‘rildi. Sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- 1-o‘rin: Zohra Saparova (Dosho‘g‘uz sh.);
- 2-o‘rin: Ayperi Annaberdiyeva (Arqadag‘ sh.) va Ogulshirin Annaliyeva (Bobodayxon tumani);
- 3-o‘rin: Meryem Dirdiyeva (Qizilarbat tumani), Enesh Danatarova (Og‘uzxon tumani) va Ogultagan Nurisheva (Ashxobod sh.).
Boshqa ishtirokchilar ham maxsus faxriy unvonlar bilan taqdirlandilar. G‘olib va faol ishtirokchilarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.