
Amerikalik xonanda Beyonse daromadi bir milliard dollardan oshgan Forbes ro‘yxatidagi beshinchi musiqachi bo‘ldi.
Report nashri Forbes reytingiga tayanib xabar berishicha, Beyonse ushbu yangi maqomga 2024-yilda chiqarilgan Cowboy Carter albomi hamda yilning «eng yuqori daromad keltirgan konsert turi» tufayli erishdi.
Milliarderlar ro‘yxatiga jami 22 nafar san’atkor kiritilgan bo‘lib, ularning besh nafari musiqachilardir. Ular orasida Beyonsening turmush o‘rtog‘i Jay-Z, Bryus Springstin, Rianna va Teylor Svift bor.
Beyonse so‘nggi yigirma yil davomida AQShdagi eng mashhur va eng ta’sirchan ijrochilardan biri hisoblanadi. Uning 200 milliondan ortiq yozuvlari sotilgan, shuningdek, u nufuzli «Gremmi» mukofotini 32 marta qo‘lga kiritgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich boshqa barcha san’atkorlardan yuqori.
Keywords