
Kitob o‘qish bilan umr davomiyligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muntazam kitob o‘qish stress darajasini pasaytiradi, xotirani yaxshilaydi va insonning uzoq umr ko‘rishiga yordam beradi. Bu haqda National Geographic jurnali xabar beradi.
Amerikalik psixoterapevt Zoi Shou kitob o‘qish va umr davomiyligi bog‘liqligini shunday tushuntiradi: «Kitobga qiziqib kirganingizda, ko‘pincha meditatsiyaga o‘xshash ‘trans’ holatiga kirasiz va bu sizni stressdan himoya qiladi».
Ushbu nazariyaning asosiy isboti sifatida Yel universiteti jamoat salomatligi maktabi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy ishlar keltiriladi. 12 yil davomida 50 yoshdan oshgan 3,5 mingdan ortiq ko‘ngillilar kuzatildi. Natijada, muntazam kitob o‘qigan ishtirokchilar kitob o‘qimaydiganlarga nisbatan o‘rtacha 23 oy ko‘proq yashagani aniqlandi. Ta’lim darajasi va kognitiv qobiliyatlar bu natijaga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.
Jamoaviy aloqalar sog‘liq uchun muhim, adabiyot esa bu tajribada o‘rnini egallashi mumkin, chunki u insonning hissiyotlarini rivojlantirishga va dunyoni boshqalar nigohi bilan ko‘rishni o‘rgatadi. Kitob o‘qish yolg‘izlik hissini ham kamaytiradi, olimlarning fikricha, yolg‘izlik ham chekish yoki semizlik kabi vaqtidan oldin qarishga asosiy xavf omilidir.
Zoi Shou qo‘shimcha qiladi: «Kitob o‘qish bir vaqtning o‘zida miyaning bir nechta qismlarini – diqqat, xotira va tasavvur uchun javobgar zonalarni ishga soladi, bu esa vaqt o‘tishi bilan kognitiv himoyani mustahkamlaydi». Mutaxassislar kuniga atigi 10–30 daqiqa kitob o‘qish kifoya deb hisoblaydi.
Keywords