10-avgust kuni Turkman xalqining Milliy Yetakchisi Qurbanguli Berdimuhamedov Afg‘onistonga amaliy tashrif buyurdi. Tashrif doirasida bir qator muhim muzokaralar o‘tkazildi, unda boshqa sohalar qatori «Lapis Lazuli» xalqaro transport koridori masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

TDH xabariga ko‘ra, transport va logistika sektori Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘laydigan muhim tizim hisoblanadi. Qit'alararo yo‘llar chorrahasida joylashgan Turkmaniston barqaror transport hamkorligini rivojlantirish hamda Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashga alohida e'tibor qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Gruziya–Turkiya xalqaro transport koridorini tashkil etish bo‘yicha beshtarafli Bitim 2017-yilda Ashxobodda imzolangan edi. Muzokaralar davomida Qurbanguli Berdimuhamedov tomonidan ilgari surilgan quyidagi takliflar alohida ta'kidlandi:

  • Yagona logistika markazini tashkil etish

  • Dengiz, temir yo‘l va avtomobil terminallari infratuzilmasini rivojlantirish

  • Yagona tarif siyosatini joriy etish

  • Bosjxona jarayonlarini «Yagona darcha» tamoyili asosida soddalashtirish

  • Koridorning raqamli atlasini tayyorlash

Ushbu multimodal koridor Markaziy va Janubiy Osiyo, Kaspiy, Qora dengiz hamda O‘rta yer dengizi mintaqalarini qamrab olgan holda samarali iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.