Lebap viloyati sportchilari Bolqonobod shahridagi shashka, shaxmat va sport dam olish markazida o‘tkazilgan Turkmaniston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Bu haqda «Lebap.biz» sayti xabar bermoqda.
Turkmanobod shahridan bo‘lgan tadbirkor Farhat Arslanov 64 katakli shashka bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqada Turkmaniston chempioni bo‘ldi. Shuningdek, u 100 katakli shashka bo‘yicha bellashuvda ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Turkmanobod shahridagi 13-sonli sport maktabining shashka murabbiyi Mahym Matiyeva ham ikkita medalni qo‘lga kiritdi. U 100 katakli shashka bo‘yicha ayollar o‘rtasida ikkinchi, 64 katakli shashka musobaqasida esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, 64 katakli shashka bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Turkmanobod shahridagi 13-sonli sport maktabi murabbiyi Gurban Jumayev uchinchi o‘rinni egalladi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.