2026/27-yilgi mavsum Millatlar ligasining chorak finalida Ispaniya terma jamoasi Fransiya bilan bahs olib boradi. Ushbu juftliklar Shveysariyaning Nyon shahrida o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimi natijasida aniqlandi.
Chorak finalning boshqa uchrashuvlarida Norvegiya Angliya bilan, Niderlandiya Portugaliya bilan, Belgiya esa Germaniya bilan to‘qnash keladi.
Chorak finalning dastlabki uchrashuvlari 2027-yil 25–27-mart kunlari, javob bahslari esa 28–30-mart kunlari o‘tkaziladi.
Millatlar ligasi 2018-yildan buyon tashkil etib kelinmoqda. Musobaqaning avvalgi mavsumida Portugaliya terma jamoasi g‘olib bo‘lgan.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.