Saudiya Pro-ligasining yangi qiroli bor, uning ismi Krishtianu Ronaldu. Hayajonli kechgan so'nggi turda «Al-Nasr» o'z maydonida «Damak»ni 4:1 hisobida mag'lub etib, 2025/26 yilgi mavsum chempionligini qo'lga kiritdi. Jorje Jejush shogirdlari butun mavsum davomida haqiqiy chempionlik xarakterini ko'rsatib, 86 ochko jamg'arishdi va «Al-Hilol»ni 2 ochkoga ortda qoldirishdi. Sadio Mane va Kingsli Komanning gollari g'alabaga zamin yaratgan bo'lsa, Ronalduning dubli chempionlik nuqtasini qo'ydi. Bu CR7 uchun Saudiya Arabistonidagi ilk ichki chempionat chempionligidir. Faoliyatidagi gollari sonini 973 taga yetkazgan Ronaldu uchun 1000 talik marra endi har qachongidan ham yaqinroq.
Ronaldu va «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi!
1 daqiqa o'qish16

Krishtianu Ronaldu «Damak» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabadan so'ng «Al-Nasr»ni Saudiya chempionligiga yetakladi va gollari sonini 973 taga yetkazdi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.