Dunyoga mashhur xonanda Shakira 18-oktabr kuni Qirg‘izistonda ilk bor konsert beradi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti ishlar boshqarmasi rahbari Qanybek Tumanbayev ma’lum qildi.

Kolumbiyalik xonanda o‘zining jahon bo‘ylab konsertlar safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Bishkek Arena» stadionida chiqish qiladi. Bu Shakiraning Markaziy Osiyodagi ilk konserti bo‘ladi.

Shakiraning Qirg‘izistondagi konsertiga chiptalar savdosi 1-oktabr kuni boshlandi. Chiptalar narxi tomoshabinlar tanlaydigan o‘rinlarga qarab, 12 mingdan 40 ming somgacha bo‘ladi.

Shakiraning Markaziy Osiyodagi ilk chiqishi mintaqadagi musiqa muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.