
18-fevral kuni Turkmaniston Davlat tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan savdolarda jami 921 800,00 manat va 3 154 050,00 AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 ta shartnoma imzolandi.
Tashqi bozorda Afg‘onistonlik tadbirkorlar “Türkmennebit” davlat konsernidan suyultirilgan gaz, Serbiya tadbirkorlari Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va derman sanoati vazirligidan qizilmiya ildizining quruq ekstraktini, Turkiya tadbirkorlari esa mahalliy tadbirkorlardan to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzdilar.
Ichki bozorda mahalliy tadbirkorlar To‘qimachilik sanoati vazirligidan paxta ipini sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzoladilar.
Keywords