Kaspiy dengizining Turkmaniston sektoridagi «1-blok» shartnomaviy hududida joylashgan «Magtymguly» konida tabiiy gazning yangi oqimi olindi.

Ushbu muvaffaqiyat «Türkmennebit» davlat konsernining Malayziyaning «PETRONAS Charigali» kompaniyasi bilan samarali hamkorligi samarasidir. Mazkur hamkorlik yo‘lga qo‘yilganiga 2026-yilda 30 yil to‘ldi.

tngizt.gov.tm saytining xabar berishicha, ushbu davr mobaynida Kaspiy dengizida va sohil bo‘yi hududida namunali ishlab chiqarish infratuzilmasi barpo etildi:

  • 5 ta zamonaviy platforma qurildi

  • Qidiruv, baholash va ishlab chiqarish maqsadida 40 ga yaqin quduq burg'ulandi

  • 44 milliard kub metrdan ortiq gaz va 16 million tonna suyuq uglevodorodlar qazib olindi

  • Gazni qayta ishlash zavodi va sohil bo‘yi gaz terminali kabi yirik ob'ektlar ishga tushirildi

Hozirgi vaqtda quduqni o‘zlashtirish ishlari dastlabki bosqichda davom ettirilmoqda hamda kelajakda qazib olish hajmi yanada ortishi kutilmoqda. Shuningdek, Kaspiy dengizining 19 va 20-bloklarini o‘zlashtirish, 11, 12, 13 va 14-bloklarda 2D seysmik qidiruv ishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.