
Gumanitar hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitaning 9-majlisi ishtirokchisi bo‘lgan Turkmaniston delegatsiyasi Pekin shahridagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
Turkmaniston Ta’lim vazirligi saytida xabar berilishicha, turkman vakillari bu yerda Xitoy taqvimiga ko‘ra “Ot yili”ga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma bilan tanishdilar. Ushbu ko‘rgazma Xitoy sivilizatsiyasi rivojlanishida otning tarixiy o‘rnini aks ettiradi.
Gid Yevroosiyo xalqlari o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishida otchilik madaniyatining ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan, turkman xalqining otchilik an’analari bilan tarixiy o‘xshashliklarga alohida o‘rin berildi. Markaziy Osiyoning eng sara tulporlari qadim zamonlardan buyon go‘zalligi, chidamliligi va tezligi bilan yuqori baholangani qayd etildi. Bu boradagi suhbatlar Turkmanistonning milliy boyligi bo‘lgan, nafislik, asillik va takrorlanmas chidamlilikni o‘zida mujassam etgan axaltaka otlarining dunyo miqyosidagi shon-shuhrati bilan uyg‘unlashib ketdi.
Ixtisoslashgan ko‘rgazmadan so‘ng, Turkmaniston delegatsiyasi Xitoy Milliy muzeyining mamlakat qadimiy tarixiga bag‘ishlangan doimiy bo‘limlaridan bir nechtasi bilan ham tanishdi. Xitoyning ilk tarixiy yodgorliklari, qadimiy keramika namunalari, bronzadan yasalgan tantanali idishlar, toshdagi yozuvlar, shuningdek, Sin davriga oid terrakota figuralari va ot tasvirlari vakillarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Muzeyga bo‘lgan ushbu sayohat turkman delegatsiyasining Pekindagi madaniy dasturining muhim qismi bo‘lib, Xitoyning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Keywords