Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist Resul Qilichov rahbarligidagi Turkmaniston Yoshlar simfonik orkestri 31-iyuldan 16-avgustgacha Berlinda bo‘lib o‘tayotgan 27-xalqaro «Young Euro Classic» yoshlar simfonik orkestrlari festivali doirasida konsert berdi.
9-avgust kuni «Konzerthaus Berlin» sahnasida turkman sozandalari taniqli kompozitorlar Chari Nurimov va Veli Muhadov asarlari bilan bir qatorda, zamonaviy xorijiy kompozitorlarning musiqiy asarlarini ham ilk bor ijro etishdi.
«Ertangi kun sozandalari bugun» shiorida o‘tayotgan festival dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan kelgan 14 ta yetakchi yoshlar jamoasini bir joyga jamladi. Festival yosh mualliflarni faol qo‘llab-quvvatlaydi hamda har yili nemis sahnasidagi eng yaxshi premyera uchun maxsus mukofot topshiradi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.