27–29-mart kunlari Ashxobodda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi va «ROSKINO» tashkiloti ko‘magida Rossiya kinosi festivali bo‘lib o‘tadi. Mazkur madaniy tadbir «Arkach» savdo-ko‘ngilochar markazi kinoteatridа tashkil etiladi.

Festival har yili o‘tkazib kelinayotgan kinonamoyishlarning davomi bo‘lib, u madaniyatlararo almashinuvni rivojlantirish hamda zamonaviy rus kinosi yutuqlarini Turkmanistonda targ‘ib qilishga qaratilgan. Shuningdek, festival maydonchasi ikki tomonlama gumanitar hamkorlikni mustahkamlashning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu yil tashkilotchilar tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholangan yangi filmlarga alohida e’tibor qaratdilar.

Festival dasturidagi filmlar:

  • «Buratino» (2025-y., rej. Igor Voloshin) — Aleksey Tolstoyning mashhur ertagi asosida yaratilgan, oilaviy tomosha uchun mo‘ljallangan yog‘och bolakay haqidagi film. Ushbu film festivalni ochib beradi;
  • «Doktor Dinozavrov» (2025-y., rej. Maksim Volkov) — maktab o‘quvchisi Fil Dinozavrovning hayoti haqidagi qiziqarli animatsion film;
  • «Gnomlarning xazinasi» (2025-y., rej. Aleksandr Babayev, Vasiliy Rovenskiy) — sarguzashtli fentezi filmi. Unda Roma ismli uddaburon, ammo ayyor yigit keksa qo‘shnisining vasiyatnomasiga o‘z ismini yozdirib, kutilmaganda uy bilan birga tirik gnomlarni ham meros qilib oladi;
  • «Baqa-malika» (2025-y., rej. Aleksandr Amirov) — mashhur ertak asosida suratga olingan rang-barang oilaviy film.