
Texnologiyalarning rivojlanishi vodorod yoqilg‘isining toza energiya manbai sifatida yanada ommalashishiga olib kelmoqda. Shu sababli, vodorod energetikasiga yanada ko‘proq sarmoya yo‘naltirilmoqda. Yevropa Ittifoqi «Connecting Europe Facility» (CEF) deb nomlangan dastur uchun 650 million yevro ajratdi. Ushbu mablag‘larning 176 million yevrolik qismi bevosita vodorod infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi. Bu esa a’zo davlatlar o‘rtasida energiya tizimining integratsiyalashuviga xizmat qiladi.
Vodorod yoqilg‘isidan, asosan, po‘lat quyish, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida qazib olinadigan energiya manbalari o‘rniga foydalanish ko‘zda tutilgan. Hindistonda ham shunday loyiha amalga oshirilmoqda. Andhra-Pradesh shtatining Kakinada hududida ishlab chiqarish quvvati 1,95 GVt bo‘lgan inshoot quriladi. Bu yerda toza manbalardan olingan vodorod yoqilg‘isining katta qismi eksport qilish uchun ammiakka aylantiriladi. Inshootning ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi toza manbalardan olinadi.
Keywords