Turkmaniston Prezidentining «Türkmeniň Altyn asyry» tanlovi doirasida «Ýaňlan, Diýarym!» teleko‘rik-tanlovining Lebap viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir «Türkmeniň ak öýi» binosi oldidagi maydonda o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Türkmenistan» gazetasi.
Tanlov ishtirokchilari milliy merosni madh etuvchi qo‘shiqlarni zamonaviy ohanglar bilan ijro etishdi.
Hakamlar hay'ati qaroriga ko‘ra, Donyov tumanidagi «Ýyldyz» kengashida yashovchi Atamurat Muxtarov hamda Haloch tumani Madaniyat markazi xodimi Jumageldi Babayev tanlovning davlat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Atamurat Muxtarov ijro etgan «Humaý gözli» va Jumageldi Babayev tomonidan kuylangan «Läläm» qo‘shiqlari tomoshabinlar va hakamlarga juda manzur bo‘ldi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.