
Turkmanobod shahridagi “Bagt köşgi” tantanalar saroyida Turkmaniston Xotin-qizlar birlashmasi Markaziy Kengashi tomonidan e’lon qilingan “Yil ayoli” tanlovining Labop viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — Berkarar davlatimizning yangi davri Uyg‘onish davrida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish va ularning obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishdan iboratdir.
Ayollarning iqtidor va mahoratini namoyon etish, milliy merosimizga asoslangan oila farovonligini targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu tanlovda tuman va shaharlardagi dastlabki bosqichlarda g‘olib chiqqan 60 nafarga yaqin ayol ishtirok etdi. Tanlov shartlari davlat rivojiga qo‘shilgan hissa, milliy hunarmandchilik, vatanparvar avlodni tarbiyalash, harbiy va huquqni muhofaza qilish organlaridagi xizmat, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgani uning ahamiyatini yanada oshirdi.
Ishtirokchilar o‘z kasblarining haqiqiy ustalari ekanliklarini qiziqarli chiqishlar orqali ko‘rsatib berdilar. Sayot tumanining “Chapaq” folklor jamoasi va raqs dastalari bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Tanlov natijalariga ko‘ra, Gulalek Sahatova, Gulshat Sadiqova, Jennet Akmiradova, Gulalek Gubakova, harbiy xizmatchi Maral Jumageldiyeva, Narjemal Haitova, tadbirkor Annago‘zal Jumageldiyeva va Annagul Penjiyevalar g‘olib deb topildi.
G‘oliblar Turkmaniston Xotin-qizlar birlashmasi Markaziy Kengashining qimmatbaho sovg‘alari va Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar hamda tanlovning Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati
Keywords