Ozarbayjon Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedovga maktub yo‘llab, Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuviga to‘laqonli ishtirokchi sifatida qo‘shilish qarorini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda chorshanba kuni Turkmaniston rasmiy OAVlari xabar berdi.
Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, bu qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va birodarlik munosabatlarining mustahkamligini tasdiqlaydi hamda siyosiy, iqtisodiy, transport, energetika, gumanitar va o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ozarbayjon Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi natijalari ko‘p tomonlama hamkorlik salohiyatining yanada ochilishiga, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikning mustahkamlanishiga va mintaqaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishini qayd etdi.
Maktub so‘ngida Ilhom Aliyev Serdar Berdimuhammedovga mustahkam sog‘liq va muvaffaqiyatlar, Turkmaniston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev shuningdek, Turkman xalqining Milli Lideri, Turkmaniston Halk Maslahaty Başlygy Gurbanguly Berdimuhammedovga ham minnatdorlik maktubi yo‘lladi.
