Somali Turkmaniston bilan faol hamkorlik qilishga qiziqish bildiradi

2025-yil 4-avgustda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmet G‘urbanov bilan Somali Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Isaaq Mohamud Mursal o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-insonparvarlik sohalaridagi aloqalarni faol rivojlantirishga qiziqish bildirganliklarini ta’kidladilar. Bu haqida Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.
Xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT doirasidagi hamkorlikning samarali xususiyati ta’kidlandi. Somali tomoni Turkmanistonning tinchlikparvar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini va umumjahon tinchligi hamda barqaror taraqqiyot uchun konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Shu nuqtai nazardan, Turkmaniston xalqlar o‘rtasida tinchlik, o‘zaro hurmat va tushunishga doir oliyideallarga amalda sodiqligini tasdiqlagani qayd etildi.
Somali Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari BMTning Dengizga chiqish yo‘li bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasining (LLDC3) alohida ahamiyatini ta’kidlab, Turkmaniston hukumatining tadbirni tashkil etishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.