Turkmaniston va Eron temir yo‘l sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
2025-yil 6–8-sentabr kunlari Eron Islom Respublikasiga amalga oshirilgan ishchi tashrif doirasida Turkmanistonning temir yo‘l transporti vaziri Mammet Akmammedov hamda Eronning yo‘llar va shaharsozlik vaziri Farzane Sadegh uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar Xitoy–Qozog‘iston–Turkmaniston–Eron xalqaro temir yo‘l yo‘nalishi orqali yuk tashish hajmini oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, “Ashxobod kelishuvi” (Turkmaniston, O‘zbekiston, Eron, Ummon) doirasidagi transport koridorining faolligini oshirish hamda Armaniston–Eron–Turkmaniston–Qozog‘iston yo‘nalishida ham yuk tashish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (ECO) doirasida hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.