2027-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali Madridda bo‘lib o‘tadi
2026/2027-yilgi mavsumdagi UEFA Chempionlar Ligasi final uchrashuvi Madrid shahridagi “Metropolitano” stadionida, “Atletiko Madrid” jamoasining uy maydonida bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi, deya yozadi Report.
Ushbu qaror Albaniyaning poytaxti Tiranada bo‘lib o‘tgan UEFA Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi. Shuningdek, 2026-yilgi UEFA Superkubogi Avstriyaning Zalsburg shahrida o‘tkazilishi ma’qullandi.
2027-yilgi ayollar Chempionlar Ligasi finali Polshaning Varshava shahridagi Milliy stadionda o‘tkaziladi. Shuningdek, U-19 futzal bo‘yicha Yevropa chempionati 2027-yilda Qozog‘istonning Ostona (Astana) shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, “Metropolitano” stadioni UEFA Chempionlar Ligasi finalini ikkinchi bor mezbonlik qiladi.