Apple tarixidagi eng yupqa va eng kuchli iPhone modelini taqdim etdi
9-sentabr kuni amerikalik texnologik gigant Apple an’anaviy yillik taqdimotini oʻtkazib, yangi avlod iPhone modellarini — iPhone 17 Pro, iPhone 17 Pro Max va iPhone 17 Air ni namoyish etdi.
Ushbu modellar TSMC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, 3 nanometrli texnologiyada yaratilgan yangi Apple A19 Pro protsessori bilan jihozlangan. Apple’ning ta’kidlashicha, iPhone 17 Pro — kompaniya tarixidagi eng kuchli iPhone hisoblanadi.
Asosiy xususiyatlar:
-
iPhone 17 Pro — 6,3 dyuymli Super Retina XDR displeyga ega.
-
iPhone 17 Pro Max — 6,9 dyuymli kattaroq ekran bilan taqdim etilgan.
Ikkala model ham tirnalishga chidamli yangilangan ekran qoplamasi, 120 Hz gacha yangilanish tezligi bilan ProMotion, Always On Display va 3000 nit yorqinlikni qoʻllab-quvvatlaydi. Apple ma’lumotiga koʻra, ochiq havodagi kontrast oʻtgan yilgi Pro modellarga nisbatan ikki baravar oshgan.
Orqa kamera tizimi uchta 48 megapiksellik sensorlardan iborat: asosiy kamera, ultra-keng burchakli kamera va 4 baravar optik zoomli telefoto obyektiv.
Old kamera — 18 MP, yangi suratga olish rejimlariga ega.
iPhone 17 Air — Apple’ning eng yupqa smartfoni
Yangi iPhone 17 Air o‘zining eng yupqa dizayni bilan alohida e’tibor qozondi — qurilmaning qalinligi atigi 5,7 mm.
Titan qotishmasidan yasalgan bu model 6,5 dyuymli displey va orqa tomonida 48 MP bitta kameraga ega. Apple ma’lumotiga ko‘ra, bu kamera bir nechta obyektivlarning funksiyasini bajara oladi.
Narxlar va xotira turlari
-
iPhone 17 Pro — 1099 dollardan boshlanadi
-
iPhone 17 Pro Max — 1199 dollardan
Barcha modellar uchun boshlang‘ich xotira — 256 GB, Pro Max versiyasi esa 2 TB gacha bo‘lgan variantlarda mavjud.