AQSh hukumati qisman to‘xtatilmoqda
AQSh respublikachilarning federal hukumatni moliyalashtirish bo‘yicha qonun loyihasini zarur 60 ta ovozga erisha olmagan holda ikki marta rad etdi, deb xabar beradi Report.
Natijada, 1-oktabrdan federal xodimlar majburiy ta’tilga chiqariladi va davlat muassasalari qisman to‘xtatiladi.
Senatdagi respublikachilar yetakchisi Jon Tyun hukumat yopilishining sababi demokratlarda ekanligini, ular "shatdaun"ni oldini olish uchun qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamaganini ta’kidladi.
Respublikachi senator Ted Kruz qisman yopilish bir necha hafta davom etishi mumkinligini ogohlantirdi.
AQSh qonunchiligiga ko‘ra, moliyalashtirish to‘xtasa ham milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bilan shug‘ullanuvchi idoralar faoliyatini davom ettiradi. Fuqarolarning hayoti va mulkini himoya qiluvchi xodimlar ham ishlashda davom etishi kerak, ammo ularning maoshi byudjet masalasi hal bo‘lguncha to‘lanmaydi.
Federal idoralar "shatdaun" holatiga tayyorgarlik ko‘rgan. Qarilar, nogironlar va boshqa muhtojlarga ijtimoiy to‘lovlar to‘xtatilmaydi. Davlat departamenti pasport va vizalarni berishda davom etadi, konsullik xizmatlari mamlakat ichida va chet elda faoliyat yuritadi.
