“Bagtyyarlyk” bolalar sog‘lomlashtirish markazida “Sport — baxtning kaliti” shiori ostida musobaqa o‘tkazildi

Jul 15, 2025 - 09:25
“Bagtyyarlyk” bolalar sog‘lomlashtirish markazida “Sport — baxtning kaliti” shiori ostida musobaqa o‘tkazildi

2025-yil 11-iyul kuni “Bagtyyarlyk” bolalar sog‘lomlashtirish markazida “Berkarar döwletiň täze eýýamynyň Galkynyşy” va “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” munosabati bilan “Sport — baxtning kaliti” nomli sport musobaqasi tashkil etildi. Tadbir Turkmaniston Magtymguly nomidagi Yoshlar tashkilotining Turkmenabat shahar kengashi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va “Turkmenistan” yoshlar jismoniy tarbiya va sport tashkiloti tomonidan birgalikda o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — bolalarning yozgi dam olish kunlarini mazmunli va qiziqarli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish edi. Musobaqa yuqori ruhiy ko‘tarinkilikda, qizg‘in raqobat va katta qiziqish bilan o‘tdi.

G‘olib bo‘lgan baxtli bolalar Magtymguly nomidagi Yoshlar tashkilotining Turkmenabat shahar kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.