Bir jang uchun 132 million dollar mukofot puli

Professional bokschi, yagona og‘ir vazn chempioni Oleksandr Usik so‘nggi jangida britaniyalik bokschi Daniel Dyubua bilan o‘tkazgan jang uchun rekord miqdorda mukofot puli oldi.
Jang uchun jami mukofot puli 203,5 million dollar bo‘lib, shundan 132,28 million dollari Usikka, qolgan 71,22 million dollari esa Dyubuaga berildi.
Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, 2023-yilda ular o‘rtasidagi oldingi jangda har ikkisi mos ravishda atigi 6 million va 2 million dollar mukofot puli olgan edi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, Usik ilgari Tayson Fyuri bilan rejalashtirilgan jang uchun eng katta mukofot pulini olgan, unga 114 million dollar to‘langan.
Ma’lumot uchun: Daniel Dyubuani mag‘lub etgach, Oleksandr Usik professional bokschilikda ikki marta yagona og‘ir vazn chempioni bo‘lgan birinchi sportchi sifatida tarixga kirgan.