KIA birinchi yarim yillik natijalarini e’lon qildi

Jul 28, 2025 - 18:25
KIA birinchi yarim yillik natijalarini e’lon qildi

Janubiy Koreyaning dunyoga mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi KIA yil boshidan beri 57,367 trillion von (taxminan 41,6 milliard AQSh dollari) daromad oldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7% ga yuqoridir.

Kompaniyaning hisoboti davrida sof foydasi 5,773 trillion von (taxminan 4,2 milliard AQSh dollari) bo‘ldi.

Yaqinda yakunlangan ikkinchi chorakda KIA daromadi 29,35 trillion von (taxminan 21,3 milliard AQSh dollari), sof foydasi esa 2,269 trillion von (taxminan 1,6 milliard AQSh dollari) ni tashkil etdi. Ushbu davrda brend 792 ming dona avtomobil sotdi.

Yil boshidan beri kompaniya jami 1,545 million dona avtomobil sotgan.

1944-yilda tashkil etilgan KIA kompaniyasining bosh qarorgohi Seul shahrida joylashgan. Hozirda kompaniya dunyoning 8 mamlakatida 14 ta zavodga ega. Xodimlar soni esa 40 mingga yetadi.