Chelsi”ning yangi futbolchisi Joao Pedro, ikki gol urib, o‘sgan klubini KDCH-2025dan chiqarib yubordi

Jul 9, 2025 - 12:22
Chelsi”ning yangi futbolchisi Joao Pedro, ikki gol urib, o‘sgan klubini KDCH-2025dan chiqarib yubordi
Foto: Buda Mendes/Getty Images

“Brayton”dan €63,7 million evaziga “Chelsi”ga o‘tgan Joao Pedro, 2025-yilgi Klublar Jahon Chempionati yarim finalining asosiy yulduziga aylandi. U sobiq jamoasi “Fluminense”ga qarshi o‘yinda (18', 56') ikki gol urib, londonliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

Hujumchi o‘sgan jamoasiga hurmat bildirib, urgan gollarini nishonlashdan tiyildi. Pedro atigi ikkinchi o‘yinidayoq o‘zining texnikasi va ishonchini namoyon qildi.

Finalda “Chelsi”ga qarshi raqib “PSJ” va “Real” o‘rtasidagi o‘yindan keyin ma’lum bo‘ladi. Demak, finalda g‘olib Yevropa klubi bo‘lishi aniq.