Sinner Uimbldon finaliga chiqdi

Jul 12, 2025 - 09:42
Sinner Uimbldon finaliga chiqdi

Jahonning birinchi raqamli italiyalik tennischisi Yannick Sinner 2025-yilgi Uimbldon turnirining yarim finalida serbiyalik Novak Jokovichni mag‘lub etdi. Uchrashuv atigi 1 soat 54 daqiqa davom etdi va 6:3, 6:3, 6:4 hisobida Sinner foydasiga yakunlandi.

Bu g‘alaba Yannick Sinner uchun Uimbldon finaliga ilk bor chiqish bo‘ldi. Finalda uning raqibi ispan tennischisi Carlos Alcaraz bo‘ladi.

Final: Sinner — Alcaraz
Sana: 13-iyul
Joy: All England Club, London