Darg‘anata tumani korxona, tashkilot, muassasa vakillari hamda tuman aholisi diqqatiga!
Viloyat bandlik va aholini ish bilan ta’minlash boshqarmasi hamda Darg‘anata tumani bandlik bo‘limi 2025-yil 26-noyabr kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha Darg‘anata shahri S. Turkmanboshi shohko‘chasi 44-uyda joylashgan madaniyat bo‘limida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Korxona, tashkilot va xususiy muassasa vakillari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot taqdim etishlari mumkin.
Ish izlayotgan fuqarolar tadbirga shaxsini tasdiqlovchi hujjati, shuningdek bo‘lsa — mehnat daftarchasi va malakasini tasdiqlovchi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi.
Bizning manzil:
Darg‘anata tumani, Darg‘anata shahri, S. Turkmanboshi shohko‘chasi, 44-uy.
Aloqa telefoni:
8 (445) 2-15-14.
