FIFA 2026 jahon chempionati timsollarini taqdim etdi

Sep 30, 2025 - 18:57
FIFA 2026 jahon chempionati timsollarini taqdim etdi

Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) yaqinlashib kelayotgan futbol bayrami — 2026-yilgi Jahon chempionatining rasmiy timsollarini taqdim etdi.

Chempionatni qabul qiluvchi har bir mamlakat o‘z ramzini tanladi:

  • Kanadaning timsoli — Maple ismli bug‘u;

  • Meksikaning timsoli — Zaayu ismli yo‘lbars;

  • AQShning timsoli — Clutch ismli burgut.

Shuningdek, musobaqani o‘tkazuvchi mamlakatlarning timsollari tabiat va madaniy ramzlarni uyg‘unlashtirib, do‘stlik va birlik obrazini yaratadi.

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 15 iyun — 13 iyul kunlari uch mamlakatda — AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.
Bu tarixda birinchi marta uch mamlakatda birgalikda o‘tkaziladigan Jahon chempionati bo‘ladi.
Ishtirok etuvchi terma jamoalar soni rekord darajada — 48 ta jamoa bo‘ladi. O‘yinlar 16 shaharda o‘tkaziladi va o‘yinlarning asosiy qismi hamda pley-off bosqichi AQShda bo‘lib o‘tadi.