FIFA reytingida Turkmaniston ikki pog‘ona yuqoriladi

Turkmaniston milliy terma jamoasi yangilangan FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 138-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoaning umumiy ochkosi — 1087. FIFA reytingida jami 210 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda.
Turkmaniston Letoniya (137-o‘rin, 1088 ochko) va Botsvana (139-o‘rin, 1087 ochko) terma jamoalari o‘rtasida joylashgan.
Yangi reytingda Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori o‘rinni Yaponiya egallab, 19-o‘rinda turibdi. Kuchli uchlikdan yana Eron (21-o‘rin) va Janubiy Koreya (23-o‘rin) joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, avgust va sentabr oylarida Turkmaniston milliy jamoasi MAFA-2025 musobaqasining guruh bosqichida ishtirok etib, 3 ta o‘yin o‘tkazdi.
Milliy jamoaning navbatdagi uchrashuvi 2027-yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasida 9-oktabr kuni safarda Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi bo‘ladi. Javob o‘yini esa 14-sentabr kuni Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadi.
FIFA reytingi yetakchiligini esa ikki yillik ustunlikdan so‘ng Argentina Ispaniyaga boy berdi. Ispaniya 2014-yildan beri ilk bor 1-o‘ringa chiqdi. Argentina esa Ekvadorga yutqazgani sababli, Fransiyadan keyin 3-o‘ringa tushdi. Angliya 4-o‘rin, Portugaliya esa 5-o‘rinni egalladi.
Reytingda eng katta yutuqni Slovakiya ko‘rsatdi — jamoa Germaniyani 2:0 hisobida yengib, 10 pog‘ona yuqorilab, 42-o‘ringa ko‘tarildi. Italiya yana top-10 ga qaytdi. Kanada esa 2 pog‘ona ko‘tarilib, o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etdi.