UEFA Chempionlar Ligasi: 1-tur yakuniy natijalari

18-sentabr kuni, 2025/26 UEFA Chempionlar Ligasi mavsumining 1-turidagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bahslar futbol ishqibozlariga unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Keling, 1-turdagi so‘nggi o‘yinlar natijalariga nazar tashlaylik:
-
Kopengagen – Bayer Leverkuzen – 2:2
-
Bryugge – Monako – 4:1
-
Ayntraxt Frankfurt – Galatasaray – 5:1
-
Sporting CP – Qayrat – 4:1
-
Nyukasl Yunayted – Barselona – 1:2
-
Manchester Siti – Napoli – 2:0
Chempionlar Ligasi 2-tur uchrashuvlari 30-sentabr, 1 va 2-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 2-turda quyidagi qiziqarli o‘yinlar kutilmoqda:
-
Sobiq chempion PSJ safarda Barselonaga qarshi o‘ynaydi,
-
Turnirda ilk bor ishtirok etayotgan Qayrat o‘z maydonida Real Madridni qabul qiladi,
-
Chelsi – Benfika bilan,
-
Galatasaray esa o‘z uyida Liverpul bilan to‘qnash keladi.