IT mutaxassislari va tadbir ishtirokchilari uchun maxsus BAA vizalari
Birlashgan Arab Amirliklari texnologiya va sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislar uchun vizalar hamda yangi viza turlarini joriy etdi. Ushbu vizalar bir martalik va ko‘p martalik sayohatlar uchun berilishi mumkin.
Asosiy talab – texnologiya sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyadan maktub bo‘lishi.
BAAda tadbirlarga qatnashish uchun yangi “tadbir vizasi” (event visa) joriy qilindi. Ushbu viza xorijliklarga festivallar, ko‘rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarda qatnashish imkonini beradi. Shuningdek, ruxsat etilgan sayyohlik kompaniyalari orqali rasmiylashtiriladigan ko‘p martalik yangi turistik viza turi kema yo‘lovchilari uchun ham taqdim etildi.
O‘zgarishlar yuk tashuvchi haydovchilar uchun beriladigan vizalarga ham ta’sir qildi — ular endi transport kompaniyasining kafolati va sug‘urtasi bilan berilishi mumkin. Do‘st va qarindoshlarni ziyorat qilish vizalarining qoidalari ham yangilandi: kafolat beruvchi shaxsning eng kam daromadi qarindoshlik darajasiga qarab 4000 dan 15000 dirhamgacha belgilanadi.
Ko‘plab mamlakatlar fuqarolari ilgari bo‘lgani kabi BAAda 30 kundan 90 kungacha vizasiz qolishlari mumkin.
