6G internet tarmog‘ida tajriba o‘tkazildi

Jul 28, 2025 - 18:13
6G internet tarmog‘ida tajriba o‘tkazildi

Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib 6G internet tarmog‘ini ishga tushirdi. Hozirda faqatgina sinov (tajriba) shaklida foydalanilayotgan ushbu 6G internet tarmog‘ida 50 GB hajmdagi fayl atigi 1,5 soniyada yuklanganligi haqida xabar qilinmoqda.

Ushbu tajribani o‘tkazgan kompaniya — Xitoyning telekommunikatsiya giganti China Mobile bo‘lib, u sinovni mamlakat hududidagi 10 ta asosiy stansiyada amalga oshirdi. Kompaniyaning 6G internet tarmog‘i uchun qilgan investitsiyalari 5,4 milliard AQSh dollariga teng.

6G tarmog‘ining tajribada ko‘rsatgan tezligi sekundiga 280 Gbit bo‘lib, bu hozirgi 5G tarmog‘ining eng yuqori tezligidan 14 barobar yuqoridir.

China Mobile kompaniyasi 6G tarmog‘ini rivojlantirish bilan birga 5G va 5G-A internet tarmoqlarini ham kuchaytirishda davom etmoqda. Mamlakatda 2,4 million 5G stansiyasi qurildi, bu esa dunyoning boshqa davlatlaridagi 5G stansiyalar sonidan 30% ko‘proqdir.

6G internet tarmog‘ining 2030 yilda keng ko‘lamda va ommaviy tarzda foydalanila boshlanishi kutilmoqda.