JCh-2026: Yevropa saralash bosqichida yana 8 ta o‘yin o‘tkazildi
2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichi doirasida yana sakkizta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Report xabariga ko‘ra, D guruhida Islandiya o‘z maydonida Ukraina terma jamoasini qabul qildi.
A guruhida Germaniya Lyuksemburgga qarshi maydonga tushdi, B guruhida esa Shvetsiya va Shveytsariya jamoalari g‘olibni aniqladi.
JCh-2026 – 10-oktabr kungi saralash o‘yinlari:
A guruhi
-
Germaniya – Lyuksemburg: 4:0
-
Shimoliy Irlandiya – Slovakiya: 2:0
B guruhi
-
Shvetsiya – Shveytsariya: 0:2
-
Kosovo – Sloveniya: 0:0
D guruhi
-
Fransiya – Ozarbayjon: 3:0
-
Islandiya – Ukraina: 3:5
J guruhi
-
Qozog‘iston – Lixtenshteyn: 4:0
-
Belgiya – Shimoliy Makedoniya: 0:0
