Mbappe Klublar Jahon Chempionatida "Borussiya"ga kiritgan go‘lini Jotaga bag‘ishladi

"Real Madrid" yulduzi Kilian Mbappe Klublar Jahon Chempionati chorak finalida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga kiritgan ajoyib golidan vafot etgan Diogu Jotaga bag‘ishladi.

Jul 7, 2025 - 18:55
Mbappe Klublar Jahon Chempionatida "Borussiya"ga kiritgan go‘lini Jotaga bag‘ishladi

Fransiyalik hujumchi va hozirda “Real Madrid” futbolchisi bo‘lgan Kilian Mbappe Klublar Jahon Chempionati chorak finalida Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi (3:2) kiritgan chiroyli g‘alaba to‘pini avtohalokatda vafot etgan “Liverpul” hujumchisi Diogu Jotaga bag‘ishladi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota 3-iyul, payshanba kuni Ispaniyaning Samora viloyatida ukasi Andre Silva bilan birga yo‘l-transport hodisasida vafot etdi. Ular 5-iyul kuni tug‘ilgan shaharlari Gondomarda dafn etildi.

Klublar Jahon Chempionati — 2025. 1/4 final
Real Madrid (Ispaniya) – Borussia Dortmund (Germaniya)

O'yin yakuni — 3:2

Gollar:

1:0 — G. Garsiya, 10'
2:0 — F. Garsiya, 20'
2:1 — Bayer, 90+2'
3:1 — Mbappe, 90+4'
3:2 — Girassi, 90+8'

Qizil kartochka:
Husayn (“Real”) — 90+6'
“Borussiya”da yo‘q

O‘yinning eng ta’sirli lahzalaridan biri Arda Gyulerning o‘ng qanotdan uzatgan baland pasidan boshlandi. U to‘pni uzoq ustun yaqiniga yetkazdi. Shu yerda “Borussiya”ning braziliyalik himoyachisi Yan Kouto Mbappeni ko‘zdan qochirib yubordi va Kylian yerga sakrab, akrobatik “makas zarbasi” bilan to‘pni uzoq burchakka aniq yo‘lladi.

Gol kiritilgach, Mbappe kameraga qarab yugurdi va barmoqlari bilan Jotaning futbol raqami “20”ni ko‘rsatdi.