Kerki tumanida yuqori hosil uchun namunaviy harakatlar
O‘tgan yilgi don hosilida oldinda bo‘lgan Kerki tumani Osman Sobitov nomidagi dehqon birlashmasining ijarachilari bu yil ham yuqori natijalar uchun jonbozlik bilan mehnat qilmoqdalar.

O‘tgan yilgi don hosilida viloyatning yetakchisi bo‘lgan Kerki tumani dehqonlari bu yil yanada faoliyatlarini kuchaytirmoqdalar. Tumandagi Osman Sobitov nomidagi dehqon birlashmasining dehqonlari bu yil 1587 gektar maydondan 3970 tonna yuqori sifatli bug‘doy donini olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. Sababi, bug‘doy urug‘chiligiga ixtisoslashgan ushbu xo‘jalik oq ekin parvarishlash sirlarini mukammal egallagan. Dehqon birlashmasi bilan shartnoma tuzgan 501 ijarachining barchasi tajribali dehqonlardir. Xo‘jalikda yangi mavsumda “Alekseych” navli bug‘doy ekildi. Asli vatani Rossiya bo‘lgan bu bug‘doy turi yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Turkman mutaxassislarining aynan shu yerda bo‘lib, yangi navning agrotexnikasini mukammal o‘rganishi ijarachilarning yaxshi hosil olishlariga imkon yaratdi. Biz bu xo‘jalikda bo‘lib, ularning ba’zilari erishgan natijalariga qiziqdik. Yetakchi dehqon Eziz Geldiyev boshchilik qilayotgan guruhdagi taxminan 20 ijarachining mehnati haqiqatan ham e’tirofga loyiq. Ushbu guruhdan Akbike Allaberenova bu yil o‘ziga berilgan 2,5 gektar maydonning har gektaridan 5500 kilogram yuqori sifatli bug‘doy doni olishga muvaffaq bo‘ldi. U Vatan hosiliga taxminan 14 tonna bug‘doy qo‘shib, halol mehnati bilan katta daromad keltirdi.