Kristiano Ronaldo klub darajasida 800 ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi
Al-Nasr jamoasining hujumchisi Kristiano Ronaldo Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turida Al-Fatehga qarshi o‘yinda urgan goli bilan klub darajasidagi 800-golini kiritdi. 40 yoshli futbolchi tarixda shu ko‘rsatkichga erishgan birinchi futbolchi hisoblanadi.
Portugaliyalik yulduz, besh marta Ballon d’Or (Oltin to‘p) sovrinini qo‘lga kiritgan va faoliyati davomida Real Madridda 450, Manchester Yunaytedda 145, Yuventusda 101, Al-Nasrda 99 hamda Sporting jamoasida 5 gol urgan.
Hozirga kelib Ronaldo nafaqat klublar safida, balki milliy jamoada ham jami 949 ta golga erishgan.
Kristiano Ronaldoning Al-Nasr bilan bo‘lgan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
