Kutilmagan chempionlik: Marokash terma jamoasi U20 Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

Oct 20, 2025 - 13:47
Kutilmagan chempionlik: Marokash terma jamoasi U20 Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi

2025-yil 20-oktabr kechasi FIFA U-20 Jahon chempionati yakunlandi. Final o‘yini Chili poytaxti Santyagodagi "Nacional – Xulio Martines Pradanos" stadionida o‘tkazilib, Argentina va Marokash yoshlar terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. O‘yin 2:0 hisobida Marokashning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shunday qilib, Marokash 2025-yilgi U20 Jahon chempionatining kutilmagan chempioni bo‘lib, Shimoliy Afrikani ifodaladi. “Atlas sherlar” tarixida birinchi bor bunday yutuqqa erishdi.

Gollarni 20 yoshli hujumchi Yassir Zabiri urdi. U o‘yinning qahramoni bo‘lib, 19-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi va 29-daqiqada ikkinchi golini urib, Marokash g‘alabasini ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi U20 Jahon chempionatining g‘olibi Urugvay terma jamoasi bo‘lgan. Eng ko‘p chempionlikka ega jamoa esa oltita marta g‘olib chiqqan Argentina hisoblanadi.