Kumush narxi tarixiy rekordni yangiladi

Oct 10, 2025 - 10:07
Kumush narxi tarixiy rekordni yangiladi

Kumush fyucherslari narxi tarixiy maksimal darajaga yetib, bir troy untsiyasi uchun $49,95dan oshdi.

Report axborot agentligining xabariga ko‘ra, bu Comex birjasi savdo ma’lumotlarida qayd etilgan.

Qimmatbaho metall narxi 3,15% ga oshdi.

Avvalgi tarixiy rekord esa 2011-yil 25-aprelda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda narx $49,82ga yetgan edi.