O‘z kasbining ustalari tanlab olindi

Oct 10, 2025 - 10:09
O‘z kasbining ustalari tanlab olindi

Türkmenabat shahridagi Madaniyat uyida "O‘z kasbining ustasi" nomli kasbiy tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlov, Türkmenistan Kasaba uyushmalari viloyat birlashmasi hamda viloyat Tozalik va kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurash xizmati tomonidan, Türkmenistonda Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sanoati xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etildi.

Mazkur tanlovda sog‘liqni saqlash tizimi vakillari ishtirok etishdi. Tanlovning asosiy maqsadi — Hormatli Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish yo‘lida belgilab berilgan vazifalarni, "Saglyk" Davlat dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda Gahryman Arkadag’imizning kitoblarining mazmun-mohiyatini chuqur o‘zlashtirish edi.

Ishtirokchilar tanlov shartlariga binoan o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etdilar, o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim qildilar, sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni badiiy tarzda bayon etdilar, shuningdek, Gahryman Arkadag’imizning "Türkmenistanyň dermanlyk ösümlikleri" (Türkmenistonning dori-darmon o‘simliklari) nomli ilmiy-ensiklopedik kitobidan berilgan savollarga javob berdilar. Shuningdek, ular qisqa sahna ko‘rinishlari orqali turli yuqumli kasalliklarning oldini olish usullarini ko‘rsatdilar.

Natijalarga ko‘ra:
Türkmenabat shahar Tozalik va kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurash xizmati shifokori Aybölek Mämmedowabirinchi o‘rinni,
Darganata tumanining Gazojak shahri epidemiolog shifokor yordamchisi Güljahan Hajymyradowaikkinchi o‘rinni,
Saýat tumani sanitariya shifokori Aybölek Azadowa esa — uchinchi o‘rinni egalladi.