Lamborghini o‘z tarixidagi eng qudratli superkarni tayyorlamoqda — Fenomeno

Jun 25, 2025 - 20:30
Lamborghini o‘z tarixidagi eng qudratli superkarni tayyorlamoqda — Fenomeno
Lamborghini Fenomeno

Avgust oyida bo‘lib o‘tadigan Pebble Beach Concours d’Elegance nafislik tanlovida Lamborghini’dan Fenomeno nomli noyob superkarning taqdimoti kutilmoqda.

Bu cheklangan sonli superkar atigi 29 dona nusxada ishlab chiqariladi va brend tarixidagi eng qudratli avtomobil bo‘ladi. Model Lamborghini Revuelto’ning 6,5 litrli atmosferali V12 dvigateli va uchta elektromotorli gibrid platformasi asosida yaratilgan. Biroq, ba’zi yangilanishlar hisobiga u 1015 ot kuchidan ortiq quvvat ishlab chiqara oladi.

Lamborghini hozircha ushbu yangi model haqida rasmiy izoh bermagan, ammo Fenomeno savdo belgisi Yevropa Ittifoqida ro‘yxatdan o‘tkazilgani kompaniyaning rejalari jiddiy ekanini ko‘rsatmoqda.