Lebapda bank xodimlari o‘rtasida intellektual tanlov o‘tkazildi

Oct 10, 2025 - 11:15
Lebapda bank xodimlari o‘rtasida intellektual tanlov o‘tkazildi

Türkmeniston Markaziy bankining viloyat bo‘limi majlislar zalida, viloyatdagi bank muassasalari va Türkmeniston Kasaba uyushmalari viloyat birlashmasi hamkorligida “Gahryman Arkadagymyz, Arkadagly Serdarymyz, Siziň bilen dünýä dolýar şöhratymyz-şanymyz!” nomli tanlov bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizdagi barcha banklarning Lebap viloyatidagi bo‘limlarida ishlovchi mutaxassislar ishtirok etdilar.

Tanlovning maqsadi — bank xodimlarining kasbiy tayyorgarligi, salohiyati va intellektual qobiliyatlarini oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish va rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov savol-javob shaklida o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra:

  • 1-o‘rinni Türkmenabat shahridagi “Senagat” Aksiyadorlik tijorat banki jamoasi egalladi.

  • 2-o‘rin, “Daýhanbank” davlat tijorat bankining viloyat va tuman bo‘limlari jamoalariga nasib etdi.

  • 3-o‘rinni esa “Türkmenistan” davlat tijorat bankining viloyat va “Amul” bo‘limlari jamoalari egalladi.

G‘oliblarga Türkmeniston Kasaba uyushmalari viloyat birlashmasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
1-o‘rinni olgan jamoa yaqin kunlarda poytaxtda bo‘lib o‘tadigan davlat bosqichida ishtirok etadi.